TINCHLIK KOMPANIYASINING FAOLIYATI

TINCHLIK KOMPANIYASINING FAOLIYATI

  • 27.06.2020 - 10:23
  • Kompaniya yangilikari

Kompaniya Navoiy viloyatida bir necha yillardan buyon ko‘zga ko‘ringan yirik kompaniyalardan biri bo‘lib hisoblanadi.  Kompaniya faoliyati ko‘p tarmoqli bo‘lib bunda qurilish sohasi, ishlab chiqarish sohasi, savdo sohasi, qishlok xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish xamda chorvachilik soxasi xam mavjud. Ayniqsa qurilish sohasida juda ko‘p ishlarni amalga oshirgan bo‘lib bunga misol qiladigan bulsak kompaniya tomonidan Viloyat Perinatal markazi yangi binosi qurilishi, Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy polinikasi qurilishi,  Navoiy viloyati bo‘ylab bir nechta na’munali uylar va xizmat uylari qurilishi. Bundan tashqari kompaniya ko‘p qavatli turar-joy  binolarini qurish bilan shug’ullanadi.

Hozirda kompaniya tomonidan Navoiy shahrida 40 dan ziyod zamonaviy ko’p qavatli turar-joy binolari qurilib aholiga foydalanishga topshirilgan. Bu zamonaviy shinam uylarda xonadon egalari kompaniya raisi Xolikov Istam Oripovichdan minnatdor bo’lib istiqomat qilmoqdalar. Bundan tashqari kompaniya tomonidan nafaqat viloyatda  Toshkent shahrida ham zamonaviy ko’p qavatli turar-joy binolari qurilib aholiga foydalanishga topshirilgan.

Kompaniya tomonidan ikkita Maktabgacha ta'lim muassasasi loyihalashtirilgan bo’lib hozirgi kunda bulardan biri Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida qurib bitkazilib 2019 yil foydalanishga topshirilgan bo’lib ikkinchisi Navoiy shahrida qad roslamoqda.

Kompaniya hozirgi kunda mamlakatimizda muhim bo’lgan  Turizm sohasi rivoji yo’lida ham o’z xissasini qo’shish maqsadida bu sohada juda katta loyihani amalga oshirishni maqsad qilib Navoiy shahrida qiymati 50 milliardan ortiq bo’lgan judayam ko’rkam zamonaviy, zamon talablariga hamda jahon standartlariga to’liq javob bera oladigan so’ngi texnologiyalar bilan jihozlangan mehmonxona binosini qurib bitkazib ishga tushirish arafasida turibdi. Bu ham mamlakatimizning ichki va tashqi turizimni rivojlantirishda o’zining ulkan hissasini qushadi.

Kompaniya ishlab chiqarish sohasida  ham ulkan ishlarni amalga oshirgan. Hozirda Kompaniya tasarrufida Xitoy Xalq Respublikasidan zamonvaiy so’ngi rusumdagi texnologiyalar investisiya qilinib jihozlangan Tekstil trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarish fabrikasi ishlab turibdi. Bu fabrikada 100 dan ortiq malakali xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari kompaniyaning qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog’ini xam yo’lga qo’ygan bo’lib hozirda kompaniya tasarrufida 2 ta qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodlari ishlab kelmokda.

 

Bundan tashqari kompaniya qishlok xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish sohasida ham bir qancha ishlarni amalga oshirgan. Xitoy va Turkiya texnologiyalarini investisiya qilib 4 gektar maydonga issiqxona tashkil qilib qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishni yo’lga qo’ygan.