“Tinchlik” kompaniyasi yangi ofisda o‘z faoliyatini boshladi

“Tinchlik” kompaniyasi yangi ofisda o‘z faoliyatini boshladi

  • 14.04.2021 - 14:35
  • Kompaniya yangilikari

“Tinchlik” kompaniyasi o‘z mijozlariga sifatli, ishonchli va eng asosiysi qulaylik yaratish maqsadida yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisida o‘z faoliyatini boshladi.
Endilikda siz uyni ko‘rish, uning to‘lov pulini amalga oshirish, kerakli xujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq ovoragarchilikka duch kelmaysiz. Sababi – barcha xizmat turlari bir yerda jamlangan. 
Yangi ofis binosida mijozlarimiz uy maketlari bilan tanishish, qurilayotgan turar joylarni ko‘zdan kechirish, vizualizatsiya dasturi orqali yangi loyihalar bilan tanishish, kerakli va foydali ma’lumotlarni bir zumda olish va to‘lov pulini ortiqcha ovoragarchiliksiz amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Biz sizni kutib qolamiz! O‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang! Tashrif buyuring va orzuingizdagi xonadon egasi bo‘ling!
Manzil: Navoiy shahri, M.Tarobiy ko‘chasi.
Mo‘ljal: Navoiy shahar yuridik texnikumi ro‘parasida.